«Yuventus» «Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Jon Stounzni erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

32 yoshli futbolchi «Siti» bilan shartnomasi yakuniga yetgach, erkin agent maqomini olgan edi. Insayder va jurnalist Janluka Di Marsio berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Yuve» rahbariyati transfer shartlarini muhokama qilish uchun Stounzning vakillari va agenti bilan bevosita aloqaga chiqqan.

Oldinroq tajribali himoyachiga Italiyaning boshqa bir klubi — «Inter», shuningdek APLning «Arsenal», «Chelsi» va «Everton» jamoalari tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabar berilgan edi. Biroq Turin klubi hozirda shartnoma taklif qilish bo‘yicha eng faol harakat qilayotgan jamoa bo‘lib turibdi.

Stounz JCH-2026 turnirida Angliya terma jamoasi safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, muvaffaqiyatli ishtirok etdi. «Manchester Siti»dagi 10 yillik faoliyati davomida u 6 marta Premyer-liga va 1 marta Liga chempionlari kubogini qo‘lga kiritgan.

Manba: Stadion.uz