«Bolonya»ga tegishli bo‘lgan argentinalik 21 yoshli hujumchi Santyago Kastro faoliyatini «Roma»da davom ettirishga juda yaqin turibdi.

Rimliklar yosh hujumchining transferi uchun 30 million yevro kafolatlangan summa to‘lashadi. Bu ko‘rsatkich Transfermarkt portalining futbolchiga qo‘ygan bozor qiymati bilan deyarli bir xil. Bundan tashqari, shartnomada futbolchining maydondagi muvaffaqiyatli ko‘rsatkichlari uchun yana 5 million yevrogacha bonuslar ko‘zda tutilgan.

O‘tgan mavsumda Kastro A Seriyada 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi (barcha turnirlar doirasida esa 51 ta o‘yinda 11 gol va 4 assist qayd etgan). Uning o‘yini «Bolonya»ning turnir jadvalida 8-o‘rinni egallashiga katta yordam berdi.

Manba: Stadion.uz