Moskvaning «Dinamo» klubi va Paragvay terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Xuan Kaseres «Barselona» e’tiborini tortdi. Bu haqda Toro Futbolero nashri xabar bermoqda.

Kataloniya klubi skautlari 26 yoshli futbolchining JCH-2026 turniridagi o‘yinlaridan katta taassurot olishgan. Paragvay terma jamoasi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1/16 finalda Germaniyani penaltilar seriyasida musobaqadan chiqarib yubordi va 1/8 final bosqichigacha yetib bordi. Kaseres jamoaning barcha 5 ta o‘yinida maydonga tushdi.

Hozircha «Barselona» va «Dinamo» o‘rtasida rasmiy muzokaralar o‘tkazilgani yo‘q, ammo kataloniyaliklar paragvaylik himoyachini o‘zlarining transfer short-listiga kiritishgan.

Futbolchining moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning dekabrigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Xuan Kaseresning transfer qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz