«Bavariya» vingeri Maykl Olise kelajakda «Real»ga o‘tishni xohlaydi. Bu haqda CF Bayern Insider nashri xabar bermoqda.
Fransiyalik futbolchi JCH-2026 vaqtida terma jamoadagi jamoadoshlariga ushbu niyati haqida aytib o‘tgan. Biroq, shunga qaramay, Olise «Bavariya»dan ketishni sun’iy ravishda tezlashtirmoqchi emas va Myunxen klubi bilan tuzilgan shartnomasiga hurmat bilan yondashadi.
Oldinroq «Bavariya» rahbariyati Maykl Oliseni sotishni istamayotgani haqida xabar berilgan edi. «Real» futbolchiga qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, madridliklar ushbu transfer oynasida uni sotib olmaslikka qaror qilishgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0