«Benfika»ning norvegiyalik vingeri Andreas Shyelderup yaqin orada klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Portugaliyaning O Jogo nashri xabar bermoqda.
Angliya Premyer-ligasining grand klublari yosh futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Chelsi», «Liverpul» va «Tottenxem» Shyelderup bo‘yicha rasmiy taklif yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
22 yoshli vinger «Benfika» safida jami 86 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 15 ta golli uzatmani yozib qo‘ygan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0