Braziliya chempionatida «Korintians» sharafini himoya qilayotgan niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay klub bilan yangi mehnat shartnomasini kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli forvardning «Korintians» bilan yangi kelishuvi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallanadi.

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Braziliya jamoasi safiga 2024 yilda kelib qo‘shilgan edi. O‘shandan beri Memfis 78 ta bahsda maydonga tushdi. Depay o‘z hisobiga 20 ta gol va 15 ta golli uzatma yozib qo‘ydi. Niderlandiyalik futbolchining bozor qiymati 7 million yevroga baholanmoqda.

Manba: Stadion.uz