«Fluminense» forvardi Xalk Braziliya chempionatining «Gremio»ga qarshi o‘yinida (1:1) penaltini aniq amalga oshirdi.
40 yoshli braziliyalik futbolchi barcha turnirlardagi 15 ta o‘yindan iborat golsiz seriyasiga chek qo‘ydi.
Xalk «Atletiko Mineyro»dagi 5 yillik faoliyatidan so‘ng shu yozda erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan «Fluminense» safida ikkinchi o‘yinidayoq o‘zini ko‘rsatdi.
Joriy Braziliya chempionatining 14 ta bahsida hujumchi hisobida jami 2 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0