Yozgi transfer oynasi boshida «Barselona» transferlari bo‘yicha ishonchli manba hisoblangan El Chiringuito TV jurnalisti Xose Alvares kataloniyaliklar to‘rt nafar futbolchiga qiziqish bildirayotganini ta’kidlagan edi.
«Agar tarkibdan ketishlar sodir bo‘lsa, «Barsa»ga ma’qul keladigan 4 ta nom — Yan Diomande, Bernardu Silva, Denzel Dyumfris va Mark Kukurelyadir», — degan edi Xose Alvares iyun oyida.
«Real Madrid» ushbu futbolchilardan uchtasini rasman o‘z safiga qo‘shib oldi, shuningdek, Diomandening «Leypsig»dan Madrid klubiga o‘tishi bo‘yicha Fabrisio Romano allaqachon «Here We Go» xabarini berdi.
«Barselona» esa ushbu yozda birorta ham himoyachi bilan shartnoma imzolamadi, biroq Entoni Gordon va Karim Adeyemi kabi ikki nafar vingerni o‘z safiga qo‘shib olishga erishdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0