Diario SPORT nashrining xabar berishicha, Mark-Andre ter Shtegen «Barselona»ning Angliyadagi «St. George's Park» qarorgohida o‘tkaziladigan yangi mavsumga tayyorgarlik yig‘iniga yo‘l oluvchilar ro‘yxatiga kiritilmadi.
Germaniyalik darvozabon «Ayaks»ga ijaraga o‘tishi bilan bog‘liq qolgan soliq va ma’muriy tafsilotlarni yakunlash uchun Kataloniyada qoladi.
«Ayaks» bosh murabbiyi Michel Sanches tajribali posbonni shaxsan o‘zi taklif qilgan va Ter Shtegenni Amsterdam klubida kelayotgan mavsum uchun so‘zsiz birinchi raqamli darvozabon sifatida ko‘rmoqda.
Xansi Flik sobiq sardorni «Barselona»ning uzoq muddatli rejalarida ko‘rmayapti, shunga qaramay, futbolchi so‘nggi mashg‘ulotlar va o‘rtoqlik o‘yinlarida professionallik ko‘rsatib ishtirok etdi.
Ter Shtegen Niderlandiyaga uchib ketishdan oldin jamoadoshlari va murabbiylar shtabi bilan xayrlashadi. U yerda qolgan rasmiyatchiliklardan o‘tib, shu haftada rasman tanishtirilishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0