«Real Madrid»ning markaziy himoyachisi Raul Asensio Fransiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning rejalariga kirmayotgan 23 yoshli futbolchiga «Marsel» da’vogarlik qilmoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab Asensio Madridni tark etishni xohlamagan, ammo yakunda klub talab qilayotgan transferga rozi bo‘lishi mumkin. «Marsel» ispaniyalik futbolchini 15 million yevroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqda.
Xabar qilinishicha, «Real» Asensioning «Marsel»dan keyingi har qanday sotuvi summasidan 25% ulush huquqini o‘zida saqlab qoladi. Oldinroq futbolchiga Portugaliyaning «Benfika» klubi qiziqish bildirgan edi, biroq Lissabon klubi bitimga «Real» uchun himoyachini qayta sotib olish opsiyasini kiritishdan bosh tortgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0