«Monako» yarim himoyachisi Magnes Akliush faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variantni belgilab oldi. Bu haqda insayder Santi Auna ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi Liga 1 va Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi — «PSJ» foydasiga tanlov qilgan. Shuningdek, Akliushga «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda, ammo o‘yinchi Parij grandiga o‘tishni xohlaydi.
Shu bilan birga, Mersisayd top-klubi Magnes uchun «PSJ»ga qaraganda ko‘proq summa to‘lashga tayyorligi ta’kidlanmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda yarim himoyachi 31 ta bahsda maydonga tushib, o‘z hisobiga oltita gol va oltita golli uzatma yozib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0