«Inter»ning italiyalik himoyachisi Alessandro Bastoni hamon Madridning «Real» klubi transfer maqsadlari ro‘yxatida turibdi. Bu haqda AS nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchining transferini shaxsan o‘zi talab qilmoqda. «The Special One» Bastonini jamoa uchun ideal himoyachi deb hisoblaydi.

«Inter» o‘z navbatida Alessandroning ehtimoliy sotuvidan kamida 70 million yevro ishlab olmoqchi.

Italiya A Seriyasining o‘tgan mavsumida 27 yoshli himoyachi 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi, to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi va oltita sariq kartochka oldi.

Manba: Stadion.uz