«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen ijtimoiy tarmoqlardan biridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir paytida klub rahbariyatini keskin tanqid ostiga oldi.
«Uch oydan beri maosh olmayapman. Agar men bo‘lmaganimda, dunyoda hech kim «Galatasaroy»ni tanimas edi. Agar pulimni to‘lamasangiz, ketaman», — dedi nigeriyalik forvard.
Osimxenning transfer qiymati 75 million yevroga baholanmoqda. O‘tgan klub mavsumidagi 33 ta o‘yinda futbolchi 22 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bir yil oldin u «Napoli»dan «Galatasaray»ga 75 million yevro evaziga o‘tgan edi. Bungacha u «Lill», «Sharlerua» va «Volfsburg» klublarida to‘p surgan. Turkiya klubiga to‘liq o‘tishdan oldin u deyarli bir yil davomida jamoada ijara asosida o‘ynagan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0