«Chelsi» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Pedru Netu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Janluidji Longarining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh o‘z mijozini «Al-Hilol» klubiga taklif qilgan.
Oldinroq «Al-Hilol» hujumchilar qidiruvida bozorni o‘rganishda davom etayotgani va «Bavariya» vingeri Luis Dias bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya klubining yozgi umumiy transfer byudjeti 350 million yevrodan oshadi, kolumbiyalik futbolchi uchun esa 105 milliondan 132 million yevrogacha ajratishga tayyor.
«Al-Hilol» joriy transfer oynasida hujum chizig‘i uchun allaqachon bitta legionerni xarid qilib bo‘ldi. Jamoaga Niderlandiya terma jamoasining 24 yoshli vingeri Krisensio Sammervill kelib qo‘shildi. Transfer summasi 55+10 million yevroni tashkil etgani xabar qilingan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0