Madridning «Real» klubi rahbariyati braziliyalik vinger Vinisius Juniorning agentlari bilan uchrashuv rejalashtirdi. Bu haqda Sky Sports jurnalistlari xabar bermoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar shu haftada bo‘lib o‘tadi. «Qirollik klubi» braziliyalik futbolchining vakillari bilan yangi mehnat shartnomasi shartlarini muhokama qiladi. Vinisiusning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi muddati kelasi yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Oldinroq OAVda Londonning «Arsenal» klubi yulduzli vingerga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Junior 2018 yildan beri «Real» safida o‘ynab kelmoqda. Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0