«Inter»ning yosh futbolchisi Luka Topalovich yakshanba kuni «Karlsrue»ga qarshi o‘tkazilgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan mavsum oldi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng, Pyotr Zelinskiy asosiy jamoaga moslashishiga yordam berayotganini ta’kidlab, unga minnatdorchilik bildirdi.
Kristian Kivu shogirdlari Endi Diufning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda urgan dubli evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan bahsda 19 yoshli sloveniyalik yarim himoyachi butun ikkinchi bo‘lim davomida harakat qildi.
Inter TV telekanaliga bergan intervyusida Topalovich mavsum oldi tayyorgarlikning jismoniy qiyinchiliklariga qaramay, bu «yaxshi o‘yin» bo‘lganini aytdi. Shuningdek, u Kivu maydonda pastroqqa tushib to‘pni qabul qilishiga va jamoadoshlari uchun hujum tashkil etishiga imkon berayotganini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, u Zelinskiy unga eng katta dalda bo‘layotganini aytib, Polsha terma jamoasi a’zosi «har doim yonimda o‘tiradi», deya ta’kidladi.
Topalovich 2024 yilda «Domjale» klubidan «Inter»ga ko‘chib o‘tgan va klubning eng istiqbolli yosh o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0