«Arsenal» Bruno Gimaraynsni o‘z safiga qo‘shib olishga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda, biroq ularning amaldagi taklifi «Nyukasl Yunayted» tomonidan yarim himoyachi uchun qo‘yilgan narxdan kamida 10 million funtga kamligi aytilmoqda.
«Barselona» va «Tottenxem» tegishlicha Entoni Gordon hamda Sandro Tonali bo‘yicha «Nyukasl» so‘ragan summani to‘lashga rozi bo‘lgan vaziyatlardan farqli o‘laroq, «qarg‘alar» Gimaraes bo‘yicha kelishuvga tezroq erishishdan manfaatdor emas. Shu sababli, muzokaralar oldinga siljishini xohlasa, «Arsenal» o‘z taklifini yaxshilashiga to‘g‘ri keladi.
Gimarayns Premyer-liga va Chempionlar ligasida sovrinlar uchun kurashishni maqsad qilgani bois «Arsenal»ga o‘tish istagi borligini bildirgan. Biroq «Nyukasl» braziliyalik futbolchining kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelishdan oldin uning jamoaga qaytishi va o‘z ishiga qanday yondashishini kuzatib bormoqchi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0