«Leypsig» vingeri Yan Diomande «Real»ga o‘tish uchun Yevropaning uchta top-klubi taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olishga «Liverpul», «Arsenal» va «Manchester Siti» harakat qilgan edi. Biroq Yan ularning barchasiga muloyimlik bilan rad javobini berdi. U «Real»ga o‘tish bo‘yicha qat’iy qarorga kelgan.
Kuni kecha «qaymoqranglilar» Diomande uchun 100 million yevro to‘lashi ma’lum bo‘lgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0