Moskvaning «Dinamo» klubiga tegishli bo‘lgan paragvaylik himoyachi Xuan Kaseresga Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqish bildirmayapti. Bu haqda «Evro-Futbol.Ru» xabar berdi.
Oldinroq xorij matbuotida «ko‘k-anorranglilar» «oq-ko‘klar»ning qanot himoyachisiga qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
26 yoshli lateral «Dinamo»ga 2025 yilning fevral oyida ko‘chib o‘tgan. Uning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning dekabr oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati yetti million yevroga baholanmoqda.
Rossiya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida Kaseres 24 ta uchrashuv o‘tkazdi. Himoyachi bitta gol urdi, oltita golli uzatma amalga oshirdi va oltita sariq kartochka oldi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0