«Manchester Siti» «Lill»ning yuqori baholanayotgan yarim himoyachisi Ayyub Buaddi transferi bo‘yicha klub bilan bevosita muzokaralarni davom ettirmoqda, deb xabar beradi Fabrisio Romano.
Muzokaralar «Lill» va futbolchining vakillari bilan olib borilmoqda. Ayni damda «Siti» Buaddini o‘z safiga qo‘shib olishga eng katta qiziqish bildirayotgan klub sifatida e’tirof etilmoqda. Barcha tomonlar o‘zaro kelishuvga erishish ustida ishlayotgani sababli muhokamalar davom etishi kutilmoqda.
Asosiy qarorlardan biri transferning amalga oshirilish vaqtiga bog‘liq bo‘lib turibdi: «Manchester Siti» Buaddini shu yozdayoq «Etihad»ga olib kelish yoki uning 2027 yilning iyun oyida klubga kelib qo‘shilishi bo‘yicha kelishuv tuzishni ko‘rib chiqmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0