«Yuventus» transfer bozorida hal qiluvchi haftani o‘tkazmoqda. Sportitalia jurnalisti Alfredo Pedullaning ta’kidlashicha, A Seriyaning yangi mavsumi boshlangunga qadar klub asosiy transferlarni yakunlash uchun tezkorlik bilan harakat qilishi kerak.
O‘zining YouTube kanalida chiqish qilgan Pedulla «byankoneri» o‘z tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan ushbu keyingi yetti kunni jamoa uchun «oltinga teng» deb atamda.
Pedulla «Yuventus» endi paysalga solishga haqqi yo‘qligini ta’kidlab, klub yangi darvozabon bilan shartnoma imzolashi hamda «Pari Sen-Jermen» hujumchisi Randal Kolo Muani transferini yakunlashi shartligini aytdi. Uning fikricha, bu transfer taxminan 46 million yevro talab qiladi.
U, shuningdek, jamoaning yaqinda o‘tkazilgan mavsum oldi o‘yinlarini tahlil qilgach, amaldagi tarkibga hamon yangi kuchlar kerakligini qo‘shimcha qildi.
Kolo Muani butun yoz davomida «Yuventus»ning ustuvor nishonlaridan biri bo‘lib qolmoqda va so‘nggi haftalarda «PSJ» bilan muzokaralar davom etmoqda.
Pedullaning ishonishicha, yaqin kunlarda qabul qilinadigan qarorlar klubning 2026/2027 yilgi mavsumdagi istiqbollariga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0