Roberto De Dzerbi klubda baxtli bo‘lmagan har qanday futbolchi ketishi kerakligini ta’kidlab, Gulyelmo Vikarioning «Tottenxem»dagi kelajagi borasidagi mish-mishlarni yanada avj oldirdi.

Italiyalik darvozabon «shporlar»ning Okeaniyadagi mavsum oldi turnesi qaydnomasidan chetda qoldi va xabarlarga ko‘ra, uning vaziyatini «Yuventus» kuzatib borayotgani aytilmoqda.

Jamoani tark etishni xohlashi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida gapirar ekan, De Dzerbi shunday dedi: «Baxtli bo‘lmagan, «Tottenxem»da ekanligidan faxrlanmaydigan har bir kishi ketishi kerak. Men futbolchilar «Tottenxem Hotspur Stedium» maydoniga juda katta ishtiyoq bilan tushishlarini xohlayman».

«Yuventus» Mikele Di Gregorioga raqobatchi qidirayotgan bir paytda, Vikario turinliklarning short-listiga kiritilgani aytilmoqda.

Manba: Stadion.uz