«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Real» hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z jamoasida ko‘rish ishtiyoqi bilan yonmoqda. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Vinisiusning atrofidagi manbalar braziliyalik futbolchi uchun «Arsenal»ga ko‘chib o‘tish oson kechmasligini ta’kidlashmoqda.
«Janubiy amerikalik aksariyat futbolchilar uchun «Real» yoki «Barselona»da o‘ynash — butun umrlik orzu hisoblanadi. Ispaniya poytaxtini tark etish — hatto «Arsenal»dek dovrug‘ qozongan klub uchun bo‘lsa ham — eng yaxshi holatda ham bu bir pog‘ona pastlash sifatida baholanadi», — deydi manba.
Vinisius Juniorning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Oldinroq 26 yoshli forvard va klub yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarda maosh masalasida bir-biriga yon bosmayotgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0