Fransiyaning «PSJ» klubi vingeri Bredli Barkola «Liverpul»ning yozgi transfer oynasidagi asosiy nishoni bo‘lib turibdi. 23 yoshli futbolchi jamoani tark etgan misrlik Muhammad Salohning o‘rnini bosuvchi nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, ingliz top-klubi parijliklarga «PSJ» a’zosi Barkolya transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. «Qizillar» futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq to‘lashga tayyor.

Bredli 2023 yilning yozidan beri «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. Fransiyalik futbolchining transfer qiymati 90 million yevroga baholanmoqda. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz