Superligada navbatdagi tarixiy natija qayd etildi. “Bunyodkor” klubiga qarshi kechgan uchrashuvda “Paxtakor” jamoasi (1:0) o‘z tarixidagi muhim yubileyni nishonladi.
Uchrashuv davomida vinger Doston Hamdamov tomonidan kiritilgan to‘p “sherlar”ning mamlakat chempionatlaridagi 2200-goliga aylandi. Shu tariqa, Toshkent klubi milliy birinchiliklar tarixida o‘ziga xos rekord natijani qayd etishda davom etmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0