Yulduz hujumchi Neymar murabbiylar shtabining ruxsatisiz «Santos»ning so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi. Bu haqda OGlobo nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlarning ma’lumotiga ko‘ra, bu hodisa forvard va uning jamoadoshlari o‘rtasidagi janjaldan so‘ng yuz bergan. Yaqinda «Shapekoense»ga qarshi kechgan o‘yinning tanaffusida Neymar jamoaning yosh futbolchilari Joau Aniasias va Gabriel Bontempo sha’niga haqoratli so‘zlar aytgan.

O‘yindan keyingi kuni 34 yoshli hujumchi klub bazasiga tashrif buyurgan, ammo mashg‘ulotga chiqmagan. U rasmga tushgan, kofe ichgan va qaytib ketgan.

Braziliya chempionatining joriy mavsumida Neymar to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz