Agar Paolo Maldini o‘z lavozimini tark etsa, Jordjo Kyellini Italiya terma jamoasining texnik direktori lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Maldinining ehtimoliy iste’fosi avvalroq bosh murabbiylik lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqilgan Andrea Pirlo bilan bog‘liq. Pirlo Rossiya bukmekeri bilan aloqalari sababli endilikda nomzod emasligini ma’lum qilib ulgurgan.

Hozirda Kyellini «Yuventus» rahbariyatida faoliyat yuritmoqda. Agar u yangi texnik direktor bo‘lsa, Antonio Konte murabbiylik uchun asosiy nomzodlardan biriga aylanishi mumkin. Ushbu mutaxassis avvalroq Maldini va uning hamkasblari tomonidan tuzilgan da’vogarlarning yakuniy ro‘yxatida yo‘q edi.

Manba: Stadion.uz