«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso hujum chizig‘ida Morgan Rojers va Koul Palmerdan birgalikda foydalanish bo‘yicha o‘z rejasi borligini ma’lum qildi.

«Mening rejam bor. Muayyan g‘oyaga egaman. Men ular maydonda ajoyib chiqishib keta olishini ko‘ryapman. Biz to‘g‘ri muvozanatni topishimiz kerak. Agar shunday alohida iqtidorga ega futbolchilarni maydonda to‘g‘ri joylashtira olsak va o‘yin nazoratini ta’minlasak, to‘p bilan ham, to‘psiz ham yanada raqobatbardosh bo‘lamiz», — dedi Alonso Football365 nashriga bergan intervyusida.

Rojers «Aston Villa»dan 138 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tdi va tarixdagi eng qimmat britan futbolchisiga aylandi. Hujumkor yarim himoyachi klub bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan olti yillik shartnoma imzoladi.

«Bu pozisiyada bizga muhim futbolchi kerak edi va ishonamanki, Rojersdan ko‘ra yaxshiroq variantlar juda kam edi. Bizga maydonga tushishi bilan o‘yinga ta’sir o‘tkaza oladigan futbolchilar zarur. Morganga klubga, tizimga va jamoadoshlariga moslashish uchun ko‘p vaqt talab etilmasligiga aminman», — dedi Alonso.

Shuningdek, Alonso «Chelsi»ning transfer kampaniyasi hali yakunlanmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, klub tarkibni kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

Manba: Stadion.uz