Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionati-2026 yakunida muxlislarga ochiq xat yozdi.

JCH-2026 musobaqasining uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsida Fransiya Angliyaga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Biz uyga sovrinsiz qaytdik. Bu og‘riqli, sizga yolg‘on gapirmayman. Bu hissiyot yana bir muddat davom etadi. Siz bizni hech qachon tashlab ketmadingiz — hatto eng og‘ir damlarda ham, hatto biz bunga eng kam loyiq bo‘lgan paytlarda ham yonimizda bo‘ldingiz. Bu tarixni maydondagi o‘n bir futbolchi emas, balki millionlab insonlarning qo‘llari yozdi. Barchamizni bitta ehtiros birlashtirgan edi. Men eng yaxshi to‘purar nomini g‘urur bilan qabul qilaman, lekin kubok bilan birga bu nom butunlay boshqacha qadrga ega bo‘lardi. Ehtimol, biz sizga bu hikoyaning boshqacha finalini taqdim etishimiz kerak edi», — deb yozdi Mbappe.

27 yoshli hujumchi JCH-2026 da 10 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Manba: Stadion.uz