O‘zbekiston futbolida katta tajriba va boy faoliyatga ega bo‘lgan mutaxassis Shuhrat Maqsudov «Bunyodkor» futbol akademiyasi bosh direktori lavozimiga tayinlandi. U futbolchi va murabbiy sifatida o‘z faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishgan.

Ta’kidlanishicha, uning bilim va tajribasi akademiyada yosh futbolchilarni tarbiyalash, zamonaviy futbolni rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni professional futbolga tayyorlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

«Shuhrat Maqsudovni yangi lavozimi bilan samimiy tabriklaymiz va ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq hamda akademiyamiz ravnaqi yo‘lida yangi zafarlar tilaymiz. Birgalikda futbol yulduzlarini kashf qilamiz!» — deyiladi klub xabarida.

Manba: Stadion.uz