«Barselona» himoyachisi Jerar Martin jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri yozmoqda.

Futbolchiga ikkita klub da’vogarlik qilmoqda. Jumladan, Martinni «Chelsi» va «Milan» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Italiya klubi bu borada faolroq qiziqish bildirmoqda. «Rossonerilar» Jerar Martin uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor.

Manba: Stadion.uz