Ferran Torres «Barselona»dan «PSJ»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, Fransiya Liga 1 grandi Torres bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda va unga «Barselona»dagidan yuqoriroq maosh bilan to‘rt yillik bitim taklif qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Torres Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etgan Jahon chempionati final o‘yini qahramoniga aylangan edi. Qo‘shimcha vaqtdagi yagona golga aynan Ferran mualliflik qilgan.

Transfermarkt portali 26 yoshli Torresni 55 million yevroga baholamoqda. Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz