«Yuventus» Luchano Spallettining onasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, «byankoneri» bosh murabbiyining onasi Ilva 93 yoshida olamdan o‘tgan.

«Yuventus» murabbiy Spallettiga va uning oilasiga sevikli onasi Ilvaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi», — deyiladi «Yuventus» xabarida.

Italiyalik mutaxassis 2021 yildan 2023 yilgacha boshqargan «Napoli» klubi ham sobiq murabbiyini ushbu og‘ir judolikda qo‘llab-quvvatladi.

«Napoli» klubi va uning prezidenti Aurelio De Laurentis Luchano Spallettiga onasi Ilvaning vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘u va hamdardlik bildiradi», — deyiladi Neapol klubi bayonotida.

Manba: Stadion.uz