«Manchester Yunayted» «Suonsi»dan 19 yoshli golkiper Kit Margetson o‘tganini e’lon qildi. Uels yoshlar terma jamoasi darvozaboni transfer rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgach, «MYU» lageriga kelib qo‘shiladi.

2025/26 yilgi mavsumda Margetson ijara huquqi asosida «Gap Konnaz Kuey» klubida to‘p surib, Uels chempionatida 31 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Manba: Stadion.uz