«Chelsi» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Danni Uelbekni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Athletic nashri sahifalarida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso 35 yoshli Uelbekni ham futbolchi, ham yetakchi sifatida yuqori baholamoqda.
«Brayton» klubi «Chelsi»ning tajribali Uelbekga bo‘lgan qiziqishidan xabardor. Barcha tomonlar ehtimoliy bitimga optimistik ruhda qarashmoqda. Shunga qaramay, hozircha vaziyat boshlang‘ich bosqichda turibdi.
Danni Uelbekning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. APLning o‘tgan mavsumida Uelbek o‘z faoliyatidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi — 38 ta o‘yinda 13 ta gol.
Oldinroq Uelbek bir qator jamoalarda, xususan «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublarida to‘p surgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0