Yaqin orada Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda. Fransiya terma jamoasining yana bir sobiq futbolchisi Karim Benzema ushbu mavzu bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

«U — afsona, u men uchun xuddi katta akadek. Uning Fransiya terma jamoasini boshqarishidan xursandmanmi? Bu aynan u bo‘ladimi-yo‘qmi bilmayman, lekin agar u bo‘lsa, men juda ham xursand bo‘laman», — dedi Benzema Konbini nashriga bergan intervyusida.

38 yoshli Karim Benzema fevral oyidan beri «Al-Xilol» sharafini himoya qilib kelmoqda. Fransiya terma jamoasi safida Benzema 97 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 37 ta gol yozib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatidan so‘ng Didye Desham Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan edi.

Manba: Stadion.uz