Argentinalik futbolchi Lisandro Martines milliy terma jamoasi Ispaniyaga qarshi to‘p surgan JCH finalini yodga oldi. U jamoasi maydonda halol va to‘g‘ri harakat qilgan deb hisoblaydi.

«Menda turlicha hislar kechmoqda. Butun bu gap-so‘zlar qayerdan chiqayotganiga tushunmayapman. Biz butun o‘yin davomida juda to‘g‘ri harakat qildik va raqibga hurmat bilan munosabatda bo‘ldik», — deya Martinesning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi o‘z tarixida yettinchi marotaba jahon chempionati finalida o‘ynadi va to‘rtinchi bor unda mag‘lubiyatga uchradi. O‘z navbatida, Ispaniya terma jamoasi Mundialda bir martadan ko‘p zafar kuchgan dunyodagi oltinchi mamlakatga va XXI asrda bunga ikki bor erishgan birinchi jamoaga aylandi.

Manba: Stadion.uz