UFC’ning yarimo‘rta vazn (77 kg gacha) toifasida mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan qozog‘istonlik jangchi Shavkat Rahmonov keyingi jangini 2027 yilning boshida o‘tkazishi mumkin. Bu haqda sportchining davolovchi shifokori Mixail Markuart ma’lum qildi.

«Qaytish muddatlariga kelsak — Shavkatning o‘z professional faoliyatini davom ettira olmasligi uchun hech qanday tibbiy asoslar qolmadi. Muddatlar masalasi esa... Bu uning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylariga bog‘liq, u sport formasini qanchalik tez tiklab olishiga qaraladi. Shuningdek, bu UFC taqvimiga ham bog‘liq. Bu yerda hammasi individual. O‘ylashimcha, kelasi yilning boshida Shavkatni oktagonda musobaqa rejimida ko‘rishimizga umid qilsak bo‘ladi», — dedi Markuart «Solay de | UFC» YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Manba: Stadion.uz