Lisandro Martines 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Argentina terma jamoasining xatti-harakatlari sha’niga aytilgan tanqidlarni rad etib, jamoaga qarshi ayblovlar mutlaqo asossiz ekanini ta’kidladi.
«Manchester Yunayted» himoyachisi finalda qo‘shimcha bo‘limlarda uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, o‘zining qadrdon shahri Gualeguayda qahramonlarcha kutib olinganidan so‘ng nutq so‘zladi. «Albiseleste» o‘yindan keyingi janjal hamda mukofotlash marosimida Ispaniyaga orqa o‘girib olganidek ko‘ringani sababli tanqidlarga uchragan edi.
«Menda turli xil qarama-qarshi hissiyotlar bor. Bu mening jahlimni chiqaradi, chunki bunday adovat mutlaqo asossiz», — dedi Martines Olé nashriga. «Men maydonda kurashayotgan jamoadoshlarimni, bizni qo‘llab-quvvatlab, xuddi o‘z uyimizda o‘ynayotgandek his bag‘ishlayotgan muxlislarni ko‘raman. Ular bizni manman deyishadi, lekin bu gaplar biz haqimizda emas, balki shunday deyayotganlarning o‘zi haqida ko‘proq so‘zlaydi. Biz doimo raqiblarimizga nisbatan katta hurmat ko‘rsatib kelganmiz».
Mukofotlash marosimi haqida alohida to‘xtalar ekan, Martines Argentina futbolchilari «barcha o‘yinchilar va murabbiylar shtabi bilan ko‘rishib chiqqanini» ta’kidladi.
U shuningdek shunday qo‘shimcha qildi: «Agar biz ularga orqa o‘girgandek ko‘ringan bo‘lsak, bu bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga qaraganimiz sabablidir va bu ham ularga bo‘lgan hurmat belgisi edi».
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0