UFC’ning yarim og‘ir vazn (93 kg gacha) reytingida 9-o‘rinni egallab turgan o‘zbekistonlik Bogdan Guskov BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 282 turnirida sobiq chempion, rossiyalik Magomed Ankalayevdan uchragan mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.

«Birinchi raundda u o‘ng qo‘limga juda yaxshi midl-kik berdi va asab tomirlariga ozgina ta’sir qildi. O‘ng qo‘lim butunlay ishlamay qoldi deyolmayman, lekin go‘yoki tok urgandek bo‘ldi va bu meni biroz chalg‘itdi. Ba’zi vaziyatlarda o‘zimning asosiy qurolimni qo‘llay olmadim. Ikkinchi raundda hozir biroz o‘tib ketadi deb o‘ylagandim, lekin tarqab ketmadi», — dedi Bogdan Guskov Namys Fighting YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Manba: Stadion.uz