Migel Nadal «Barselona»ga yangi markaziy hujumchi sifatida Xarri Keyn nomzodini ilgari surmoqda. «Barsa»ning sobiq futbolchisi «Bavariya» forvardini Robert Levandovski ketganidan so‘ng ajoyib yechim deb hisoblaydi.
«Levandovski bilan tavakkalchilik qilish o‘z vaqtida jasur va qat’iy qadam bo‘lgan edi», — deb tushuntirdi Nadal. Uning fikricha, «Barselona» hozirda yaxshiroq moliyaviy va sport holatida va yana bir bor tajribali top-hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Nadal shunday dedi: «O‘shanda «Barselona» juda og‘ir davrni boshdan kechirayotgan edi, hozir esa klub tamomila boshqacha vaziyatda. Shuning uchun bu holatga juda mos tushadigan yangi «to‘qqizlik» bilan shartnoma imzolanishi mutlaqo tabiiy hol.
Menimcha, Xarri Keyn ajoyib xarid bo‘lar edi. Lekin bu qanchalik haqiqatga yaqinligini bilmayman. Anig‘i shuki, Levandovski allaqachon ketgan va uning ko‘rsatgan o‘yinlarini hisobga olsak, Keyn kela olsa, bu haqiqiy sovg‘a va katta quvonch bo‘lar edi», — dedi 59 yoshli sobiq futbolchi.
Biroq «Bavariya» butunlay boshqacha rejalarni ko‘zlamoqda. Keyn ta’tildan qaytganidan so‘ng, shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar yanada jadallashishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0