Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va murabbiyi Loran Blan Zinedin Zidanning ehtimoliy tayinlovi atrofidagi shubha-gumonlarni tushunmayotganini aytdi.
Oldinroq Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimida Didye Deshamning o‘rnini egallashi haqida xabar berilgan edi. Yangi murabbiy ertaga, 28 iyul kuni rasman tanishtiriladi.
«U ishga katta mamnuniyat bilan kirishadi. Bizda ajoyib avlod bor va u ularning porlashini xohlaydi. Men unga oson bo‘lmasligi, Fransiya terma jamoasi bo‘lakcha ekani haqidagi gaplarni eshitdim... Lekin, ochig‘i, Zidan nimani ko‘radi? Sizningcha, u nimadan qo‘rqishi kerak? U murabbiy sifatida uch marta Chempionlar Ligasini yutgan, Jahon chempioni bo‘lgan va siz bu vazifa unga og‘irlik qiladi deb o‘ylaysizmi?
U o‘zini nima kutayotganini juda yaxshi biladi. Biz g‘alaba qozonganimizda u eng yaxshisi bo‘ladi, mag‘lubiyatlardan so‘ng esa unga tanqidlar yog‘iladi. U bundan ham yomonroq narsalarni ko‘rgan. Men uni biroz bilaman, u katta zavq bilan ishlaydi. Umid qilamanki, bu bizning foydamizga bo‘ladi», — dedi Blan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0