Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH-2026’dagi g‘alabadan so‘ng o‘z jamoasining tayanch yarim himoyachilari — Rodri va Martin Subimendining darajasini yuqori baholadi.

Rodri Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi sardori bo‘ldi va yakunda turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Argentinaga qarshi final o‘yinida (1:0) 99-daqiqada uni Subimendi almashtirdi. «Arsenal» tayanch yarim himoyachisi uchun bu JCH o‘yinlaridagi ilk maydonga tushishi edi.

«Barcha hurmatni saqlagan holda, hech kimning dilini og‘ritmoqchi emasman, lekin men haqiqatdan ham Rodriga shubha qilish — futbol farosatiga haqoratdir deb aytgandim.

U o‘z pozisiyasida dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Shu bilan birga, bizda Martin Subimendi ham bor — u ehtimol, dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan yana bir ajoyib futbolchidir.

Rodri o‘yindan-o‘yinga ochilib bordi. Hatto 50 foizga tayyor bo‘lgan Rodri ham juda ko‘pchilik futbolchilardan afzalroq ekani — fakt», — dedi De la Fuente RTVE efirida.

Manba: Stadion.uz