«Inter» Jon Stounz bilan hamkorlik masalasini muhokama qiladi.

Milan klubi 32 yoshli himoyachiga ikki yillik shartnoma taklif etadi, deb xabar bermoqda Fabrisio Romano. Qayd etilishicha, dam olish kunlarida «Yuventus» ham futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Bundan tashqari, angliyalik himoyachida APL klublaridan ham takliflar bor.

Stouns «Manchester Siti»ni tark etgach, erkin agent maqomida bo‘lib turibdi. Premyer-liganing o‘tgan mavsumida u 9 ta o‘yinda maydonga tushgan va golli harakatlari bilan ajralib turmagan.

Manba: Stadion.uz