«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi Yevropaning bir nechta top-klublari e’tibor markazida bo‘lib turibdi. Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, so‘nggi haftalarda «Barselona» Xulian Alvares transferi bo‘yicha «Atletiko» bilan kelisha olmagan taqdirda, Krupi nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu oyda «Manchester Siti» ham 20 yoshli Krupi bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Shu bilan birga, «Bornmut» fransuz hujumchisini o‘z safida saqlab qolish niyatida — sababi «olchalar» Angliya sharafini Yevropa Ligasida himoya qilishadi.

Transfermarkt portali mutaxassislari Eli Junior Krupining transfer qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz