«Lion» Belgiya terma jamoasi hujumchisi Lois Openda bilan shartnoma imzolanishga yaqin turibdi. Jurnalist Ugo Giyeme xabar qilishicha, futbolchi transfer oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Qolgan rasmiyatchiliklar hal etilishi bilan transfer rasman yakunlanishi kutilmoqda.
Bir necha kunlik muzokaralardan so‘ng «Lion» va «Yuventus» kelishuvning yakuniy bosqichiga chiqdi. Agar tibbiy ko‘rikda hech qanday muammo aniqlanmasa, Openda shartnomaga imzo chekadi. Xabarlarga ko‘ra, bu transfer to‘liq sotib olish emas, balki bir mavsumlik ijara ko‘rinishida amalga oshiriladi.
26 yoshli hujumchi yangi mavsum oldidan Paulu Fonsekaning hujum chizig‘ini kuchaytirishga tayyor.
Openda o‘tgan yili «Yuventus»ga o‘tishdan oldin «Lans» tarkibida Liga 1 da ajoyib o‘yin ko‘rsatib, muxlislarda katta taassurot qoldirgan edi. Uning qaytishi «Lion»ni tajribali markaziy hujumchi bilan ta’minlaydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0