Avvalroq «Komo»ning Moyze Kinga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik. Sesk Fabregas o‘tgan mavsumda jamoasi Italiya chempionatida eng ko‘p gol urganlardan biri bo‘lganiga qaramay, hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishni istamoqda.

Xabar qilinishicha, Fabregas Kinni o‘z jamoasi hujumi uchun ideal nomzod deb hisoblaydi. Ammo muqobil variant ham bor — «Manchester Yunayted»da omadsiz mavsum o‘tkazgan va o‘yin uslubi jihatidan o‘xshash bo‘lgan Joshua Zirkzee. Qolaversa, har ikki futbolchining transfer qiymati deyarli bir xil — taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Komo» keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Manba: Stadion.uz