Yaqin orada «Manchester Siti» himoyachi Yoshko Gvardiol bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qilishi kerak. Jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda eksklyuziv suratni joylashtirdi — unda Gvardiol o‘z agenti bilan samolyotda o‘tirganini ko‘rish mumkin.
Xabar qilinishicha, 24 yoshli Gvardiol «Manchester Siti» bilan 2030/2031 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan yangi bitimga imzo chekkan. Plettenbergning qayd etishicha, yangi kelishuvda futbolchining maoshi sezilarli darajada oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Yoshko Gvardiol 2023 yilning yozida «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan edi. O‘shandan beri xorvatiyalik himoyachi 122 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va jamoadoshlariga 10 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0