Manbaning yozishicha, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Vinisius atrofidagi vaziyatga munosabat bildirgan.

Mutaxassis «qaymoqranglilar» rahbariyatiga iltimos bilan murojaat qilgan. Mourinyo klub bosslaridan Vinisiusni jamoada saqlab qolishni so‘ragan.

Oldinroq klub va futbolchi yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olishmayotgani ma’lum bo‘lgan edi. «Real» vingerni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisiusga «Arsenal» tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

Manba: Stadion.uz