«Barselona» yozgi transfer oynasida hujumchi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish istagidan chekinmayapti. The Touchline jurnalist Santi Ovallega tayanib xabar berishicha, Kataloniya klubi Alvares transferi bo‘yicha taklifini 130 million yevrogacha oshirishga tayyor.
Biroq, «Atletiko»dagi manbalar klubning Alvares masalasida «Barselona» bilan muzokaralar olib borishni istamayotganini aytmoqda.
Oldinroq «Barselona» Xulian Alvares uchun 100 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. 26 yoshli argentinalik futbolchi Kataloniya klubiga o‘tishni xohlamoqda, ammo «Atletiko» qat’iy pozisiyada turibdi: Madridliklar forvardni «Kamp Nou»ga qo‘yib yubormoqchi emas.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0